O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 oktyabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Davlat rahbari oʻzbek tili bayrami munosabati bilan O'zbekiston ahliga sihat-salomatlik, baxtu-saodat, xonadonlarga tinchlik-omonlik, fayzu baraka tiladi.
Shavkat Mirziyoyev soʻnggi yillarda olib borilayotgan saʼy-harakatlar natijasida oʻzbek tili nafaqat Oʻzbekistonda, balki jahon miqyosida ham oʻzining munosib oʻrni va mavqeiga ega boʻlib borayotgani, ayniqsa, BMTning yuksak minbarida, ulkan siyosiy sammit va uchrashuvlarda baralla yangrayotgani, tinchlik, doʻstlik va hamkorlik vositasiga aylanayotganligini alohida taʼkidlandi.
Oʻtgan davrda oʻzbek tilini chuqur oʻrganish va oʻrgatishga xizmat qiladigan 16 ta kitob, jumladan, 9 ta lugʻat nashr qilinganini alohida qayd etildi. Ayni vaqtda 5 jilddan iborat “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” fundamental tadqiqoti vazirlik va idoralar, taʼlim-tarbiya maskanlariga, Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxona va konsullik muassasalariga yetkazilganligi muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, chet el fuqarolari va yurtdoshlarga oʻzbek tilini oʻrgatadigan onlayn platforma, oʻzbek tili izohli lugʻatining mobil ilovasi, xorijdagi vatandoshlarimiz uchun maxsus veb-sayt yaratilgani muhim qadamligi aytib oʻtildi.
Comentários