O'zbekiston uran qazib oluvchi etakchi 5 mamlakat qatorida qoldi. Shu bilan birga mamlakat ishlab chiqarishni hajmini qisqartirmagan respublikalar kuchli beshlikka kirdi, deb xabar beradi Spot.
Kitco Jahon yadro assotsiatsiyasi (WNA) hisobotiga yozilishicha, 2020 yilda O'zbekiston uran qazib olish bo'yicha dunyoda beshinchi o'rinni egalladi. Bir yil davomida mamlakatda 2019 yildagidek 3500 tonna uran qazib olindi. Alohida qayd etilishicha, ayni paytda O'zbekiston uranni o'z iqtisodiyotida deyarli ishlatmaydi va qazib olingan barcha xom-ashyoni chet elga eksport qiladi.
O’z navbatida Qozog'iston o'tgan yilgidek 19,48 ming tonna uran qazib olish bilan birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rinda 6,2 ming tonna bilan Avstraliya turibdi. Shuningdek, birinchi beshlikka Namibiya (5,41 ming tonna) va Kanada (3,88 ming tonna) kirgan.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, pandemiya bilan bog'liq cheklovlar, shuningdek Avstraliyadagi Reynjer konining kamayishi tufayli O’zbekistondan tashqari barcha to'rt mamlakatda ishlab chiqarish kamaygan.
Umuman olganda, o'tgan yili dunyo bo’yicha 47,73 ming tonna uran qazib olindi, biroq bu ko’rsatkich 2019 yilga nisbatan 13 foizga kamdir.
Comments