top of page

O'zbekiston Afg'onistonga gumanitar yordam yubordi


14 sentyabr kuni O'zbekiston Afg'onistonning Balx viloyatiga og'irligi 1300 tonna bo'lgan insonparvarlik yordamini jo'natdi. Yuklar orasida aholi uchun mo’ljalangan oziq-ovqat, dori-darmon va kiyim-kechaklar bor. Bu haqda Tolibon madaniyati ishlari bo’yicha komissiyasi boshlig'ining o'rinbosari Ahmadulloh Vosik o’z Twitterida ma'lum qilgan.

Gumanitar yordam O'zbekistondagi Termiz va Balx viloyatining ma'muriy markazi bo'lgan Mozori Sharif shahri bilan bog'laydigan temir yo'l orqali, Xayraton chegara punkti orqali etkazib berildi.

Isonparvarlik yordami avgust oyining o'rtalaridan buyon Afg'onistonda amaldagi hokimiyatni qo’lga olgan Tolibon rasmiylariga topshirildi.

Xabar berilishicha, Tolibon Afg'onistonning turli viloyatlaridagi muhtojlarga O'zbekistondan etkazib berilgan oziq-ovqat, dori-darmon va kiyim-kechaklarni etkazib beradi.

5 views0 comments

Comments


bottom of page