Alisher Qodirov o'zbek tili obro'si haqidagi masalani ko'tardi
- UzPress.info
- Oct 12, 2021
- 1 min read

"Milliy tiklanish" partiyasidan prezidentlikka nomzod o'zbek tilini keng tarqalgan tilga aylantirishga va'da bermoqda.
Qodirov saylovchilar bilan uchrashuv choq'ida o'zbek tilini keng tarqalgan tilga aylantirishga va'da berdi. Bu maqsadga erishish uchun Qodirov qonun hujjatlariga ikkita o'zgartirish kiritishni tavsiya qildi:
O'zbek tilida ishlaydigan boshqa millat fuqarolariga ish haqining 25 foizigacha ko'tarish;
Ilmiy asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilish ilmiy daraja olishning shartlaridan biriga aylanishi;
O'zbek tilini bepul o'qitish va buning uchun davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish.
Alisher Qodirov yana o'zbek tilining o'rni haqidagi masalani ko'tarib, hamma joyda o'zbek tili qo'llanilishiga va'da berdi.
Comments