AQSh Davlat kotibining o'rinbosari Vendi Sherman 2021 yil oktabr oyida O'zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti xabarida aytilgan.
Vazirlik ma'lumotiga ko'ra, Vendi Sherman Jenevada AQSh va Rossiya o'rtasidagi strategik barqarorlik bo'yicha ikki tomonlama muloqotda ishtirokini yakunlab, Toshkentga uchib keladi.
4 oktabr kuni AQSh Davlat kotibining o'rinbosari Toshkentda yuqori lavozimli amaldorlar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashadi.
Eslatib o'tamiz, Davlat kotibining birinchi o'rinbosari Vendi Sherman AQSh va Rossiya o'rtasida Jenevadagi strategik barqarorlik bo'yicha muzokaralarda Amerika delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda. Unga AQSh Davlat kotibining qurollanish nazorati va xalqaro xavfsizlik bo'yicha o'rinbosari Bonni Jenkins hamrohlik qiladi.
Bernda Sherman AQSh-Shveytsariya strategik sheriklik muloqotining birinchi bosqichida ham ishtirok etadi. So’ng 4 oktabr kuni Toshkentda O'zbekistonning yuqori martabali rasmiylari va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashadi. Davlat kotibining birinchi o'rinbosari 6 oktyabr kuni Nyu -Dehlida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazadi va tadbirlarda ishtirok etadi.
7 oktabrda Mumbayga Hindistondagi biznes va fuqarolik jamiyati vakillari bilan muloqot o'tkazadi. Sherman o’z safarini 7-8 oktabr kunlari Islomobodda Pokiston rasmiylari bilan uchrashib, o’z safarini yakunlaydi.
Comments