O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-oktabr kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasining kongressmenlari Don Beykon, Dug Lamborn, Troy Nels va Avgust Pflyugerdan iborat delegatsiyasini qabul qildi.
Suhbat chog‘ida AQSh delegatsiyasi a’zolari vakillik qilayotgan yetakchi shtatlar - Nebraska, Kolorado va Texas bilan hamkorlik bo‘yicha loyiha va dasturlar muhokama qilindi.
AQSh delegatsiyasi ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqish maqsadida kelgan.
Shavkat Mirziyoyev parlamentlar darajasidagi faol aloqalar va samarali almashinuvlarni, ular O‘zbekiston-AQSh strategik sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotganini yuksak baholadi.
AQSh Kongressida tashkil etilgan O‘zbekiston bo‘yicha kokus – do‘stlikni mustahkamlash va konstruktiv muloqotni ilgari surish bo‘yicha parlament guruhining nufuzi ortib bormoqda, faoliyati kengaymoqda.
Kongressmenlar Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlar strategiyasi mamlakat barqaror taraqqiyotining muhim omili ekani hamda uning xalqaro maydondagi obro‘si sezilarli darajada yuksalishiga xizmat qilganini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, Afg‘onistondagi insonparvarlik operatsiyalari qo‘llab-quvvatlangani uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.
Innovatsiyalar va sanoat texnologiyalari, IT sohasi, qishloq xo‘jaligi, “yashil” energetika, sog‘liqni saqlash va ta’limda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida qo‘shma “yo‘l xarita”sini tayyorlash va ishbilarmonlik missiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Opmerkingen