top of page

Shavkat Mirziyoyev Yuqori Chirchiq tumanidagi “Astrum” IT akademiyasini borib ko’rdi


Yuqori Chirchiq tumanida “Astrum” IT akademiyasi ochildi. Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatiga safari chog‘ida bu yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Ikki qavatli bino zamonaviy jihozlangan, 700 tadan ortiq kompyuter bilan ta’minlangan. U ta’lim va ishlab chiqarishni qamrab olgan klaster bo‘ladi. Yoshlar avval dasturlashni o‘rganib, keyin shu sohada ishlaydi. Ularning o‘zlashtirishini sun’iy intellekt baholaydi.

Hozirgi kunda klasterda o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar saralab olinmoqda. Prezidentimiz ular bilan suhbatlashdi.

- Agar zamonga munosib bo‘laman, o‘z ishimni topaman, yaxshi yashayman desalaringiz, shu sohani o‘rganing. Kelajakka investitsiyangiz - shu. Ham bilim olib, ham amalda tatbiq qilib, oilangiz, el-yurtimizga ko‘makdosh bo‘lasizlar, deb ishonaman, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mutasaddilarga shu yerda yoshlar uchun kovorking markaz, turar joy barpo etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

- Biz uchun yoshlar siyosati - birinchi o‘rinda. Bu yerda iqtidorli, bilimli bolalar o‘qiydi. Ularga zamonaviy, erkin sharoit yaratish kerak. Uyi ham, ovqatlanishi ham, sporti ham, dam olishi ham shu yerda bo‘lishi zarur. Davlat tashkilotlari, sanoat korxonalarining buyurtmalarini shakllantirib, bu mutaxassislarni ish bilan ta’minlash muhim, - dedi Prezident.
11 views0 comments

Opmerkingen


bottom of page