top of page

Bo Inge Andersson: "Men supermen emasman"


UzAuto Motors bosh direktori Bo Inge Andersson avtomobilsozlik sohasidagi muammolar va kelajakdagi rejalar haqida fikr bildirdi.

"Avtomobilsozlik sanoatida O‘zbekiston hali juda yosh. 1996 yilda boshlangan ushbu tarmoqda hozirgi kungacha 3,6 million avtomobil ishlab chiqarildi. O‘zbek bozorida avtomobilga bo‘lgan talab juda yuqori. Mamlakatda har 1000 kishiga 77 ta avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. Taqqoslash uchun bu raqamlar har 1000 kishiga Qozog‘istonda 208 tani, Rossiyada 383 tani, Germaniyada esa 555 tani tashkil etadi.

Ayni paytda kompaniyamizda 12 ming kishi ishlaydi, ammo bu tarmoqda bitta ish o‘rni qo‘shimcha tarzda dilerlik va xizmat ko‘rsatish sohalarini ham hisoblaganda yana to‘rtta ish o‘rnini yaratadi. Bu kichik kompaniya mamlakatda 50 ming kishini ish bilan ta'minlamoqda.

Sizda o‘z-o‘zidan mening bu yerda nima qilayotganim haqida savol paydo bo‘lishi mumkin. Men supermen emasman. Rahbariyat mendan qulayroq narxlardagi va yangi modeldagi avtomobillar taqdim qilishimni, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishimizni so‘ramoqda. Dastlabki 30 kunlik ish kunim davomida bu yerda juda ko‘p muammolarga duch keldim. Boshqaruv sohasini isloh qilishimiz kerak va albatta bu ishlarni amalga oshiramiz".
1 view0 comments

Comments


bottom of page