top of page

O'zbekistonlik bokschilar harbiylar orasida ikkinchi o'rinni egalladi


25 sentyabr kuni Rossiyada harbiy bokschilar o'rtasidagi jahon chempionati yakunlandi, unda O'zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 36 davlatdan tashrif buyurgan 292 ta sportchilar orasida ikkinchi o'rinni egalladi. O’zbekiston termasi jami 7 ta medalni qo’lga kiritdi. Umumiy jamoaviy hisobda 7 oltin, 4 kumush va bronza medalini qo'lga kiritib, Rossiya terma jamoasi birinchi o’rinni egalladi.

Musobaqalar erkaklar o'rtasida o'nta, ayollar besh vazn toifasida o'tkazildi. Ularda dunyoning 36 mamlakatidan 292 harbiy bokschi ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi 7 medalni, xususan, 3 oltin medalni qo‘lga kiritib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Shunqor Abduarasulov (60 kg vazn toifasida), Lazizbek Mullojonov (91 kg dan yuqori) va Mavluda Mavlonova (75 kg gacha) jahon chempioni va oltin medal sohiblari bo'lishdi. Muzhibillo Tursunov (64 kg gacha) kumush, Aziza Yokubova (51 kg gacha), Raixona Qodirova (60 kg gacha) va Navbahor Hamidova (69 kg gacha) bronza medalini qo'lga kiritdi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi.

11 views0 comments

Comments


bottom of page