21 sentyabr kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida yuqori darajadagi umumiy siyosiy munozarada videomurojaat qiladi.
O'zbekiston rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev xalqaro hamjamiyatga kun tartibining dolzarb mintaqaviy va global muammolari, zamonaviy tahdidlarga hamkorlikda javob berishda BMTning o'rni haqidagi qarashlarini taqdim etadi. Yangi O'zbekistonni qurish uchun olib borilgan chuqur demokratik islohotlarning mohiyatini ochib beradi.
O'zbekiston Prezidenti tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, jahon iqtisodiyotini tiklash, barqaror rivojlanishni ta'minlash, mintaqada va jahon miqyosida muloqotni chuqurlashtirish, inson huquqlari va erkinliklarini targ'ib qilish, iqlim o'zgarishi, ekologik va biologik xilma-xillikning buzilishi, Orol dengizining qurishi kabi transmilliy muammolarga qarshi kurashga qaratilgan bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.
Comentarios