Silverleafe International bosh direktori Den Paterson odamlarga ishonch berish uchun ular bilan ko‘proq muloqot qilish kerakligiga to‘xtalib o‘tdi.
"Xususiylashtirish iqtisodiyotni kuchaytiradi. O‘tish davr iqtisodiyotida odamlarda ishonchni paydo qilish judayam muhim. Odamlarda yillar davomida qotib qolgan fikrlar bor, ularni yo‘qotish kerak. Bu borada ular bilan ko‘proq muloqot qilish, muammolarini o‘rganib, tizimli yechimlar ishlab chiqish kerak. Banklarda kafolat berish borasida muammolar bor, ularga yechimlar izlash kerak.
Kichik va o‘rta biznesda faoliyat olib boruvchi qatlamni risklarni qabul qilishga o‘rgatish, nima to‘g‘ri va nima noto‘g‘riligini ko‘rsatish kerak. Shuningdek, import tariflarini reforma qilish kichik tadbirkorlikning rivojlanishida muhim omil bo‘ladi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan texnologiyalarni olib kirishda tadbirkorlardan soliqlar undirilmasligi kerak".
Comments