top of page

"Oz'bekiston protokoli" mamlakatlar reytingini pasayishiga qanday aloqasi bor?


Bank xodimlari o'z xohishiga ko'ra, alohida mamlakatlardagi islohotlarga e'tibordan chetda qoldirgan. Jahon banki "O'zbekiston protokoli" deb nomlangan qoidalar asosida davlatlarni “Doing Business” reytingida o'z o'rinlarini tushurishga va biznesni rivojlantirish ko’rsatkichlarini pasayishiga ta'sir ko'rsatgan.

Shu sababdan Jahon banki turli mamlakatlarda biznes yuritish holati va shartlari to'g'risida Doing Business hisobotini e'lon qilishni to'xtatadi. Bu haqda bank saytidagi bayonotda aytilgan.

O'tgan reytinglardagi xatolar va qonunbuzarliklar tufayli Jahon banki "Biznes yuritish" hisobotini nashr etishni to'xtatishga qaror qildi, deyiladi tashilotning rasmiy saytida.

Tashkilot 2018 va 2020 yil hisobotlarini tayyorlashda qonunbuzarliklarga yo'l qo'ygan. Tashkilot mustaqil audit o'tkazish uchun Amerikaning WilmerHale yuridik firmasini yollagan.

Tekshiruv ishlari shuni ko'rsatdiki, Jahon banki rahbariyati, shu jumladan sobiq bosh direktor Kristalina Georgievaning bosimi ostida Xitoy (Doing Business 2018), Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Ozarbayjon (Doing Business 2020) ko’rsatkichlariga o'zgartirishlar kiritilgan.

Tergovda aytilishicha, Jahon banki rahbariyati "Doing Business" guruhiga Xitoyning reytingini ko'tarish uchun turli bosim o'tkazgan, chunki ushbu davlatdan bank kapitalini oshirishida asosiy rol o'ynashi kutilgan edi.

Surishtiruv ma'lumotlariga ko'ra, Jahon bankining rivojlanish iqtisodiyoti sobiq direktori va Kristalina Georgievaning maslahatchisi Simon Dyankov "Doing Business" guruhiga Saudiya Arabistoniga tegishli ma'lumotlarni o'zgartirishni buyurgan, shu yo’sinda mamlakat Iordaniyani birinchi o'rindan chiqarib yuborib, o’z mintaqasida biznes faoliyatini yaxshilash bo'yicha eng yaxshi natijalarga erishgan davlatlar ro'yxatiga kirgan. Bu esa o'z navbatida, BAA tegishli ma'lumotlarini o'zgaritishiga olib keldi, chunki bu mamlakatlar soliq tizimiga o'xshash bo’lgan.

2018 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatda tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratib berish bo’yicha topshiriqlar bergan va 2022 yilga kelib ushbu reytingning eng yaxshi 20 talikka kirishini maqsad qilgan edi.

Biroq, tergov natijalariga ko'ra, Simon Dyankovning ko'rsatmasi bo'yicha 2020 yilda Ozarbayjonning uchta islohoti hisobga olinmaganligi ma'lum bo'ldi. WilmerHale aytishicha, Dyankov mamlakatga tegishli ma'lumotlarni e’tibordan qoldirgan.

Uning fikricha, bunday qaror tashkilotning O'zbekiston Protokoli nomli yozilmagan qoidalari bilan bog’liq.

Ammo Doing Business guruhi a'zolari tasdiqlangan uslubiy tamoyil sifatida O'zbekiston Protokoli haqida biror narsa bilmasliglarini aytishgan. Doing Business menejerining ta'kidlashicha, oldingi reytingdagi O'zbekiston to'g'risidagi ma'lumotlar Ozarbayjon kabi rahbariyatning yagona qarori bilan emas, balki mintaqaviy direktor, mintaqa bo'yicha vitse-prezident, ijrochi direktor va boshqalar ishtirokidagi kollektiv qaror bilan o’zgartirilgan.

Shu bilan birga, Jahon banki vakillari O'zbekistonga nisbatan mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni e'tiborsiz qoldirgani haqidagi har qanday protokolni rad etadi. Bu protokol yordamida O'zbekistonning "Biznes yuritish" reytingidagi ko'rsatkichlarini past baholangan bo’lishi mumkin

Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasi "Doing Business " hisobotining mualliflari va bankning mintaqadagi vakillari "O'zbekiston protokoli" haqida hech narsa bilishmasligini aytishdi.

Shuningdek, Jahon bankining "Doing Business" hisobotini chiqarishga mas'ul bo'lganlar, shuningdek, Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyodagi faoliyati uchun mas'ul bo'lganlar "O'zbekiston protokoli" deb nomlangan amaliyot haqida eshitishmagan.

16 sentyabrda Jahon bankining ijrochi direktorlar kengashi WilmerHale hisobotini chop etishni ma'qulladi. O'tgan yilning avgust oyida Jahon banki 2018 va 2020 yillardagi hisobot ma'lumotlarining o'zgarishi bilan bog'liq qoidabuzarliklar to'g'risidagi xabarlar tufayli "Doing Business" nashrini to'xtatib qo'yganini e'lon qildi.

WilmerHale hisobotida qisqacha O'zbekiston protokoli deb ataladi, ammo "Doing Business" guruhi a'zolari tasdiqlangan uslubiy tamoyil sifatida bunday protokoldan xabardor bo'lmaganligi bo’lishi mumkin, deyiladi hisobotda.

Jahon banki vakolatxonasi bayonotida shunday deyilgan:

"Jahon banki O'zbekistonda so'nggi yillarda ochiq bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lida amalga oshirilayotgan keng va maqsadli iqtisodiy o’zgarishlar doirasidagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo’yicha islohotlarini qo'llab-quvvatlaydi. Ushbu islohotlar ichki va tashqi savdoni erkinlashtirish, tadbirkorlik sub'ektlarini ro'yxatga olish va litsenziyalash tartibini soddalashtirish, soliqni tizimin rivojlantirish kabi islohotlarni o'z ichiga oladi. Buninga natijasida mamlakatda ishbilarmonlik muhiti yaxshiland".

2018-2019 yillarda mamlakatda "yangi ro'yxatdan o'tgan tadbirkorlik sub'ektlari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar sonining sezilarli o'shgan", deyiladi Jahon banki bayonotida.

Eslatib o'tamiz, "Doing Business 2020" reytingida O'zbekiston 190 mamlakat orasida o'tgan yilgi reytingga nisbatan 7 pog'onaga ko'tarilib, 69 -o'rinni egallagan edi.

30 views0 comments

コメント


bottom of page