top of page

Toshkentda iqtisodiy forum bo'lib o'tadi

29-30 sentyabr kunlari Toshkentda "O'zbekiston: iqtisodiy islohotlarning yutuqlari va ularning istiqbollari" mavzusida iqtisodiy forum bo'lib o'tadi.

O'zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbir doirasida O'zbekistonda so'nggi besh yilda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar tajribasi tahlil qilinadi. Shuningdek, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishning istiqbolli g'oyalari muhokama qilinadi.

Birinchi kunning kun tartibiga kelajakdagi o'sish rejalari va ular bilan bog'liq muammolar, mintaqaviy hamkorlik va inson kapitalini rivojlantirish masalalari bo'yicha muzokaralar, raqobatbardoshlikni ta'minlashda iqtisodiy ochiqlikning o'rni to'g'risida muloqot bo’lib o’tadi.

Ikkinchi kuni xususiylashtirish, kichik va o'rta biznesni rivojlantirish, O'zbekistonning jahon etkazib berish tarmog'idagi o'rni, barqaror energiya masalalariga e'tibor qaratiladi.

Makroiqtisodiy islohotlar, xususiylashtirish, davlat korxonalari va banklarini transformasiyalash, kapital bozorini rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Forumda 300 ga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Ular orasida O'zbekiston hukumati, xalqaro biznes va moliyaviy muhit, xalqaro va mintaqaviy rivojlanish tashkilotlari, shuningdek, nodavlat tashkilotlar va OAV vakillari ishtiroketadi.

3 views0 comments

Commentaires


bottom of page