top of page

O‘zbekiston kelajakda 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb qilmoqchi


O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O'zLiDeP partiyasining X quriltoyida besh yil ichida respublika iqtisodiyotiga 120 milliard dollar jalb qilishni va'da qildi, shundan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar bo'ladi.

Shu maqsadda 2026 yilgacha xorijiy va mahalliy sarmoyalarni jalb qilishning alohida strategiyasi qabul qilinadi.

Davlat rahbarining so'zlariga ko'ra, besh yil ichida transport, yo'l qurilishi, suv xo'jaligi kabi sohalarga 14 milliard dollar sarmoya jalb qilinadi.

Shu bilan birga, hududlaridagi sanoat loyihalar va infratuzilmani rivojlantirishni moliyalashtirish maqsadida O'zbekiston Taraqqiyot banki tashkil etiladi.

2 views0 comments

Comments


bottom of page