top of page

O'zbekistonda IT-sanoatining rivoji


So'nggi yillarda O'zbekiston hukumati axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasidagi yosh mutaxassislarni rag'batlantirish e’tibor qaratilib, AKT sohalarini faol rivojlantirmoqda. O'zbekistonda IT-park tashkil etilgan bo’lib, uning hududlarda 147 ta markazi bor. 2019 yildan buyon u erda 40 mingdan ortiq talaba ta'lim olmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va "Aloqabank" banki bilan hamkorlikda IT -loyihalar va mahalliy startaplarni moliyalashtirish uchun Venchur fondi tashkil etmoqda. Jamg'armaning ustav kapitali 25 milliard so'm bo'lib, 2022 yilda 80 milliard so'mga etkazilishi ko’zda tutilgan.

Shu bilan birga, ustav kapitali 10 milliard so'm bo'lgan MChJ ko'rinishida "Bilimlarni rivojlantirish markazi" yaratilmoqda, markaz IT-Park va Venchur fondi sarmoyalari hisobiga shakllantiriladi.

Markazga besh yil ichida IT sohasida 100 minggacha yosh mutaxassislarni o'qitish, va kelajakda ularni ish bilan ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Shuningdek, markaz vazirlik va idoralar, tijorat banklari va boshqa tashkilotlarga IT-mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ishga qabul qilishda yordam beradi.

Kelgusida markaz startaplarni moliyalashtirish uchun investitsiya mablag'larini boshqarish va jalb qilish bo'yicha kompaniya vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, besh yil muddatga yosh mutaxassislarni moliyalashtirish uchun 50 mlrd. so’m ajratilmoqda.

Kelajakda o'zbek dasturchilariga xalqaro sertifikatlar olishga yordam berishi uchun mamlakat etakchi xalqaro va xorijiy IT -kompaniyalar bilan hamkorlik o'rnatmoqda.

Shuningdek, mamlakatda "One Million Uzbek Coders" ta'lim platformasi yaratildi, u erda har bir xohlovchi to'rtta yo'nalish bo'yicha global IT-bozorida eng kerakli bo’lgan ma'lumotlarni tahlil qilish, androidni, frontend, fullstack ishlab chiqish kurslarni o'tishi mumkin.

Platformaning asosiy xususiyati shundaki, kurslar mutlaqo bepul bo’lib, o'zbek tilida olib boriladi. So'nggi ikki yil mobaynida ushbu platformada 461 mingdan ortiq kishi ro'yxatdan o'tgan, ulardan 245, 2 ming kishi ishtirokchi sertifikatini olgan va 175,9 ming kishi muvaffaqiyatli bitiruvchilarga aylangan.

Shuningdek, mamalakatdagi maktablarda "Informatika" fani takomillashtirilmoqda, dasturlash va robototexnika fanlari maktab o'quv dasturiga kiritilmoqdi.

Endi O'zbekistonda 10-sinfdan boshlab maktab o'quvchilari mehnat bozorida yuqori talabga ega bo’lgan robototexnika va dasturlash kabi mutaxassisliklar bo'yicha o'qitiladi.


Comments


© 2021
bottom of page