top of page

O'zbekistonda Xalqaro madaniyat forumi bo'lib o'tadi


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 14-15 sentyabr kunlari Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda O`zbekistonning madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha “O'zbekiston madaniy merosi – yangi uyg'onish davri poydevori” Xalqaro madaniyat forumi bo'lib o'tadi.

Madaniyat haftaligi doirasida 13-21 sentyabr kunlari O'zbekistonning tarixiy va madaniy markazlari bo'lgan Toshkent, Xiva va Nukus shaharlarida yorqin madaniy tadbirlar o'tkaziladi.

Kongressda dunyoning 46 mamlakatidan 350 dan ziyod olimlar va mutaxassislar, etakchi sharqshunoslar, quronshunoslar, tadqiqotchilar, qo'lyozmalar va miniatyuralar bo'yicha mutaxassislar ishtirok etadi.

Yana bir muhim voqea TURKSOY davlatlari madaniyat vazirlari doimiy kengashining yig'ilishining ochilishi bo'ladi. Dastur doirasida "Xiva - turk dunyosining madaniy poytaxti" doirasidagi tadbirlar bo’yicha hisobotlar tinglanadi. Hisobot doirasida 2022 yildagi turk dunyosining madaniy poytaxti taqdimoti, Bosh kotib saylovi kabi tadbirlar bo’lib o’tadi.

Xiva-Buyuk Ipak yo'lidagi eng qadimiy shaharlardan biri bo'lib, u ta'lim, fan va madaniyat markazi hisoblanadi. Ming yillar davomida sivilizatsiyalar beshigi bo'lib xizmat qilgan. Xivaning ichki shahri "Ichan-Qala" 1990 yilda YUNESKO Butunjahon ro'yxatiga kiritilgan.



12 views0 comments

Bình luận


bottom of page