top of page

Prezident bo‘lsam, migrantlar soliqqa hech qachon tortilmaydi — Shavkat Mirziyoyev

O'zLiDeP nomzodi va amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev "Milliy tiklanish" partiyasi nomzodi Alisher Qodirovning migrantlarni soliqqa tortish haqidagi taklifini tanqid qilib, bu soliqqa tortiladigan daromad emasligini aytdi.

"Ishontirib aytmoqchimanki, agar men shu yurtda rahbar bo‘lib ishlasam, ular hech qachon soliqqa tortilmaydi… Ham o‘zini, ham oilasini boqayotgan yurtdoshlarimizga, faqat rahmat aytish kerak", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Hozirda 2,5 milliondan ziyod fuqarolarimiz xorijda mehnat faoliyatini olib bormoqda. Ular topayotgan daromadlaridan xorijda soliqlarni to‘liq to‘lab, qolgan qismini o‘z oilasiga jo‘natmoqda. Vatandan uzoqda mehnat qilib, ham o‘zini, ham oilasini boqayotgan yurtdoshlarimizga, faqat rahmat aytish kerak. Ularni men o‘z farzandlarim deb bilaman. O‘tgan vaqtda biz ham ularni qo‘llab-quvvatlash uchun choralar ko‘ryapmiz, — dedi prezidentlikka nomzod.

Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlarning faoliyati soliqqa tortiladigan daromadga kirmaydi. "Bir narsani aniq tushunib olish kerak: bu — soliqqa tortiladigan daromad emas. Fuqaromiz o‘z oilasiga bergan ko‘magini, daromad deb soliqqa tortib bo‘lmaydi".

Migrantlar bizning fidoyi farzandlari. Bir paytlar ularga nisbatan noto‘g‘ri ta’rif ishlatilgan edi. Lekin men bu fikrga qo‘shilmaganman. O‘zingiz o‘ylang, ular nima uchun xorijga ishga ketishgan? Noilojlikdan! Agar biz bu yerda ish bilan ta’minlab berganimizda ular xorijga ketarmidi? Yo'q! Mana, 90-yillarda migrantlar yo‘q edi-ku, — dedi O‘zLiDeP nomzodi.

"Viloyatdan chet elga ketib, mehnat qilayotgan fuqarolarimiz imkon qidirib ketishgan. Imkon qidirgan odam fidoyi odam bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda chetda yuradiganlarni daromad solig‘ini tortish haqida gap chiqdi. Bu mutlaqo asossiz gaplar", — dedi u.

"Ishontirib aytmoqchimanki, agar men shu yurtda rahbar bo‘lib ishlasam, ular hech qachon soliqqa tortilmaydi. Aksincha, ularga O‘zbekistonda sharoit yaratib berishga harakat qilamiz", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Amaldagi prezidentning ta'kidlashicha, Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida departament ochilgan, migrantlarning hayoti va sharoitini yaxshilash, kasbga o‘rgatish uchun harakatlar qilinyapti.

"Musofir bo‘lmagan musulmon bo‘lmaydi, deyishadi. Men fidoyi farzandlarimizga murojaat qilmoqchiman — ko‘ngillaring to‘q bo‘lsin! Biz yangi soliq yaratish emas, imkon qadar soliqlarni kamaytirish to‘g‘risida o‘ylaymiz. Men kecha MDH davlatlari yig‘ilishida ham migrantlar masalasini ko‘tardim, ularning xavfsizligi, sog‘ligi bo‘yicha takliflarimni aytdim. Endi ular bizdan ishchilar jo‘natishimizni so‘rashyapti. Men ulardan yurtdoshlarimizni o‘qitishlarini va munosib ish berishlarini so‘rayapman", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

14 views1 comment

1 Comment


Алишер Қодировнинг фикри бошқача. Мен Ш.Мирзиёевнинг таклифини қўллаб-қувватлайман. Мигрантларими ўз Ватанга катта миқдорда маблағ олиб келишяпти, 8-ой давомида 4,8 миллиард доллар киритишибди. Уларга шарт-шароит яратиш керак. Уларнинг ишларини қадрлашимиз керак. Яқин йилларда Ватанда янги ишлар очилса, ойликлар яхши бўлса барча мигрантлар қайтиб келишади. Менимча, Алишер Қодиров ва унга ўхшаганлар мана шу муаммони тезроқ хал этиш ҳақида бош қотиришлари керак.


Like
bottom of page