Nomzodlar hududlarda saylovchilar bilan uchrashuvlar o'tkazdi
- UzPress.info
- Sep 29, 2021
- 1 min read

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar mamlakat hududlarida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ikki kun ichida 7 ta uchrashuv o'tkazildi.
27 sentyabr kuni O'zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Varisova Samarqand viloyatida, "Milliy tiklanish" partiyasidan nomzod Alisher Qodirov Surxondaryo viloyatida, "O'zliDep" nomzodi Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida, Ekologik partiyadan Narzullo Oblamurodov Qashqadaryo viloyatida saylovchilari bilan uchrashdi, deb xabar beradi "Dunyo" agentligi.
28 sentyabr kuni prezidentlikka nomzodlar - O'zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Varisova Navoiy viloyatida, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Alisher Qodirov Qashqadaryo viloyatida, Liberal-demokratik partiya nomzodi Shavkat Mirziyoyev esa Farg'ona viloyatida saylovchilar bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Uchrashuvlarda nomzodlar o'z saylovoldi dasturlarini taqdim etishadi, saylovchilarning savollariga javob berishadi, saylovda faol ishtirok etishga va mamlakat kelajagini hal qilishga chaqirishadi.
Comments