top of page

O'zbekiston harbiy qudratini kuchaytirmoqchi


ree

O'zbekiston mintaqadagi qurolli to'qnashuvlar tufayli mamlakatning havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlab, davlat chegaralari xavfsizligini yanada kuchaytiradi. Bu haqda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev O'zLiDeP X qurultoyida aytib o'tdi.

Prezident O'zbekiston qurolli kuchlari tashqi tahdidlarni bartaraf etish va fuqarolar xavfsizligini ta'minlashga tayyor ekanini ta'kidlagan. Shavkat Mirziyoyevning so’zlariga ko'ra, hozirda mamlakat qurolli kuchlari zamonaviy qurol-aslahalar bilan qurollangan.

Eslatib o’tamiz, O'zLiDeP qurultoyigan qatnashgan delegatlar bo'lajak saylovlarda Shavkat Mirziyoyev nomzodini prezidentlikka tasdiqlash taklifini qo’llab-quvvatladilar. O‘zbekistonda saylovlari 24 oktyabrga belgilangan.


Comments


© 2021
bottom of page