O'zbekiston prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi kampaniyasi uchun 250 ming yevro ajratilgan
- UzPress.info
- Oct 11, 2021
- 1 min read

2021 yilda O'zbekiston prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi kampaniyasiga taxminan 1,25 million yevro, har biri nomzod o’z saylovoldi kampaniyasi uchun 250 ming yevroga yaqin pul ajratilgan.
YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi xabarlariga ko'ra, O'zbekistonda prezidentlikka nomzodlarning har biri 250 ming yevroga yaqin pul olgan.
Saylov kampaniyasi davomida shaxsiy mablag'lar, badallar va shaxsiy manbalardan foydalanish taqiqlanadi. Foydalanilmagan mablag' saylovdan keyin yoki nomzod o'z nomzodini qaytarib olsa, ajratilgan pullarni davlat byudjetiga qaytarishi lozim.
Shu bilan birga, saylovdan so’ng nomzodlar moliyalashtirish bo'yicha ikkita hisobotni topshirishga majburdirlar. Birinchi hisobot MSKga saylovdan 5 kun oldin va yakuniy hisobot savloy natijalar e'lon qilinganidan 20 kun o'tgach taqdim etiladigan.
Ikkala hisobotda ham savloyoldi kampaniyaning xarajatlari to'g'risidagi ma'lumotlar bo'lishi va bu ma’lumotlar siyosiy partiyalar veb -saytlarida va bosma nashrlarda e'lon qilinishi shart.
Commenti