top of page

YXHT bosh kotibining O'zbekistonga tashrifi kutilmoqda


YXHT Bosh kotibi Xelga Shmid noyabr oyida O'zbekistonga tashrif buyuradi va BMTning Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi global strategiyasini birgalikda amalga oshirishining 10 yilligiga bag'ishlangan konferentsiyada ishtirok etadi. Tadbir YXHT bilan hamkorlikda tashkillashtirilmoqda. Tashrif chog'ida Xelga Shmid O'zbekiston rasmiylari bilan ham bir qator uchrashuvlar o'tkazmoqchi.

7 sentyabr kuni Vena shahrida O'zbekiston parlament delegatsiyasi YXHT Bosh kotibi Helga Shmid bilan uchrashuv o'tkazdi. Suhbat chog'ida tomonlar gender tengligini targ'ib qilish va yoshlarning rolini oshirish bo'yicha O'zbekiston va YXHT o'rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollarini, shuningdek, YXHT Bosh kotibining O'zbekistonga bo'lajak tashrifini muhokama qilishdi.

Shmid O'zbekiston va YXHT o'rtasidagi hamkorlik jadal rivojlanayotganini yuqori baholadi. So'nggi yillarda O'zbekiston hukumatining xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ochiq va muvozanatli siyosati tufayli ikki tomonlama munosabatlarda katta yutuqlarga erishilgani ta'kidlandi.

Muzokaralar chog'ida YXHTning gender tengligini targ'ib qilish va yoshlar rolini oshirishda O'zbekiston bilan bog’liq o'zaro hamkorligini yanada chuqurlashtirishga e'tibor qaratdi. Xususan, bosh kotib O‘zbekistonda ayollarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash va ularning mamlakat ijtimoiy hayotidagi rolini kuchaytirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuvda YXHT rahbari, shuningdek, yoshlarni qo'llab-quvvatlash va uning salohiyatini to'liq ochish masalalari bo'yicha o'zaro hamkorlikni yanada faollashtirish tarafdori ekanini aytib o’tgan.

Comments


© 2021
bottom of page