Sanoat, xizmatlar, investitsiyalar, xususiy biznesni tez tiklanishi va koronavirusga qarshi samarali emlashlar davom etsa, O'zbekiston iqtisodiyoti bu yil 5%, kelasi yil 5,5%ga o'sishi kutilmoqda, deyiladi Osiyo taraqqiyot banki hisobotida.
2021 yilgi hisobotda aytilishicha, mamlakat 2021 yilning birinchi yarmida 6,2% ga o'sishi kutilmoqda, chunki sanoat o'tgan yilgi pasayishdan, ishlab chiqarish, tog'-kon sanoati va qazib olishning o’sish hisobiga tez tiklana boshladi. Savdo, transport va sog’liqni saqlash hajmining o'sishi hisobiga xizmat ko'rsatish sohasidagi o'sish 8% gacha tezlashdi.
"Joriy yilning birinchi yarmida biz ko'rgan istiqbolni o'sishi O'zbekiston aholisini himoya qilish, ishonchni tiklash maqsadida hukumatning COVID-19 emlash dasturini samarali amalga oshirish va uni qo'llab-quvvatlash juda muhim hisoblanadi",-dedi OTBning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sindi Malvichini.
Inflyatsiya 2021 yilning birinchi yarmida 13,9% dan 10,9% gacha sekinlashdi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning yaxshilanishi, oziq-ovqat narxining o'sishini sekinlashtirdi, biroq elektr va gaz tariflari o'zgarishsiz qoldi. Pul-kredit siyosatining davom etishi va energiya tariflarining o'zgarishsiz qolishi ehtimoli bilan, OTB 2021 va 2022 yillar uchun inflyatsiya prognozlarini mos ravishda 10% va 9% darajasida saqlab qoldi.
Comments