top of page

O‘zbekiston delegatlari BMT Bosh assambleyasida qatnashdi


O'zbekiston inson huquqlari bo'yicha muntazam muloqot doirasida 2022 yilda Samarqandda Global ta'lim forumini o'tkazishni taklif qilmoqda.

Kecha Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi Uchinchi Qo'mitasining umumiy yig’ilishida O'zbekiston delegatsiyasi so'zga chiqdi.

Delegatsiya yig’ilganlarga O'zbekistonning inson huquq va erkinliklarini ta'minlashda erishgan yutuqlari, jumladan so'z, din, e'tiqod erkinligi, shuningdek, gender tengligi va millatlararo totuvlik haqida ma'lumot berdi.

Fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash, turmush darajasini, fuqarolarning daromadlarini yaxshilash va ekologik barqaror rivojlanishga erishishga alohida e'tibor qaratilayotgani va o’zgarishlar "Yangi O'zbekiston strategiyasi" doirasida olib borilishi ta’kidlandi.

Delegatlar mamlakatda demokratik islohotlarni davom etishi, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari O'zbekiston hukumatining diqqat markazida qolishini, asosiy rahbarlik tamoyili "Hech kimni e’tiborsiz qoldirmaslik" bo'lishini aytib o’tishdi.

O'zbekistonda gender tengligini ta'minlash masalasining ustuvorligiga, ayollarning mamlakatni boshqarishda, tashqi siyosat va iqtisodiyotdagi ishtirokini tubdan oshirishga, shuningdek, yoshlar huquqlari, alohida ehtiyojmand insonlar, ularning huquqlari, himoyasiga katta e'tibor qaratiladi.

Nutq yakunida, delegatlar 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi va boshqa kuzatuvchilar mamlakatdagi saylov jarayonini kuzatish bo'yicha o’z ishlarini amalga oshirayotganlari haqida ma'lumot berildi.

Jumladan, bo'lajak saylovlar jahon hamjamiyatining demokratik qadriyatlari va erkinliklariga to'la mos kelishi ta'kidlandi.

7 views0 comments

Comments


bottom of page