top of page

Toshkentda 2021 yil O'zbekiston iqtisodiy forumi boshlandi


Ikki kun davom etadigan O'zbekiston iqtisodiy forumi doirasida 6,6 milliard dollarlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

29 sentabrda Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki ko'magida 2021 yil O'zbekiston iqtisodiy forumi boshlandi. Forumda xalqaro biznes, moliyaviy hamjamiyat, xalqaro va mintaqaviy rivojlanish institutlari vakillari, siyosatshunoslar, nodavlat notijorat tashkilotlari va xalqaro OAVlarining 300 ga yaqin vakillari ishtirok etmoqda.

Forum iqtisodiyotni erkinlashtirish maqsadlarini qo'llab-quvvatlash va yanada ochiq, xalqaro miqyosda integratsiyalashgan va raqobatbardosh bozor iqtisodiyoti rejalarini ko'rib chiqish uchun noyob imkoniyat beradi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar siyosatchilar bilan makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlashda investitsiya muhiti va turmush darajasini yaxshilash, barqaror, inklyuziv iqtisodiy o'sishni ta'minlashga qaratilgan tashabbuslarni muhokama bo’lib o’tmoqda.

Forumda bir qator yirik bitimlar imzolanadi, jumladan, 600 million dollarlik xususiylashtirish va 2,6 milliard dollarlik davlat xususiy sherikligi loyihalari bo'yicha bitimlar, shuningdek 3,4 milliard dollarlik xorijiy kreditlar imzolanishi kutilmoqda.

20 views0 comments

Comments


bottom of page