top of page

O‘zbekiston "ODKB"ga qaytmaydi


O'zbekiston xavfsizligini ta'minlash uchun yetarli salohiyatga ega va Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga a'zoligini qayta qo’shilishni rejalashtirmayapti. Bu haqida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov "Pravda Vostoka" gazetasiga bergan intervyusida aytib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasi va Mudofaa doktrinasiga muvofiq, mamlakatimiz harbiy bloklarda qatnashmaydi. Qolaversa, amaliy nuqtai nazardan, bugungi kunda respublikamizning qurolli kuchlari milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida o'ziga xos salohiyati ega, - ta’kidladi Abdulaziz Komilov.

Markaziy Osiyo davlatlari va jahonning qudratli davlatlari bilan strategik sherikligi mintaqada xavfsizlikni ta'minlash uchun yetarli, deb xabar beradi O'zbekiston Respublikasi TIV.

Shu sababli O'zbekiston harbiy bloklarga qo'shilmaslikka qaror qilgan. Komilovning fikricha, zamonaviy dunyoda diplomatiya va faqat muzokaralar orqali kelishuvlarga erishish mumkin.

6 views0 comments

Comments


bottom of page