top of page

Rossiya matbuoti O'zbekiston prezidentining noyabr oyida Rossiyaga tashrifi haqida xabar berdi


7 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni 69 yoshi bilan muborakbod etdi.

O'zbekiston Prezidenti "zamonaviy Rossiyaning shakllanishida Vladimir Putinning tarixiy roli va uning O'zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo'shgan shaxsiy hissasi" ni alohida ta'kidlab o’tdi.

Prezident Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbat chog'ida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga bo'lajak tashrifiga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi.

Prezident Vladimir Putin bilan suhbatdan so'ng, Rossiya OAVlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil noyabr oyida Rossiyaga tashrifi haqidagi xabarni tarqatdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasining amaldagi saylov qonunchiligiga muvofiq, Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik muddati 2021 yil 14 dekabrda tugaydi.

Saylangan Prezident Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy tarzda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan 2 oy ichida Oliy Majlis yigʻilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga kirishadi.

6 views0 comments

Commenti


bottom of page