top of page

O'zbekiston TIV Mulla Abdul Kabir bilan muzokara o'tkazdi


7 oktyabr kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va O'zbekiston prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afg'oniston muvaqqat hukumati boshlig'ining siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Mulla Abdul Kabir bilan muzokara o'tkazdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Bosh vazirning iqtisodiy masalalar bo'yicha o'rinbosari A. Hanafiy, Afg'oniston transport va fuqaro aviatsiyasi, umumiy ishlar, energetika va suv resurslari vazirlari ishtirok etdi.

Yaqin vaqt ichida Termizda savdo-iqtisodiy masalalarni, shu jumladan Surxon-Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi va Mozori-Sharif-Kobul-Peshovar temir yo'lini qurish loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, Afg‘oniston tomoni ushbu loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik mutaxassislarning xavfsizligini ta’minlashga tayyorligin bildirgan.

1 view0 comments

Comments


bottom of page