Prezident Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilarini taqdirladi
10 sentyabr kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev XVI Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etgan sportchilar va murabbiylar hamda ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Prezident paralimpiyachilarni orden, medallar va faxriy unvonlar bilan taqdirladi.
O'zbekiston Paralimpiadada 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Quvonarlisi, 19 ta medaldan 11 tasini sportchi ayollar olib kelishgan. Davlat rahbari buni tariximizda misli ko'rilmagan voqea deb atadi.
Davlat rahbari musobaqa g'olib va sovrindorlarini tabriklab, ularning murabbiylari va ota-onalariga minnatdorchilik bildirdi.
“Bizning bobokalonimiz, buyuk mutafakkir Hakim at-Termiziy aytganidek: inson biror narsani yo'qotsa, xafa bo'lmasligi kerak. Biror narsaga erishish istagi yo'qolganda, qayg'u chekish kerak. Chunki toza fikrlar bilan boshlangan amal yaxshi natijalarga olib keladi” - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoev Paralimpiada g'oliblari va sovrindorlariga pul mukofotlari, avtomobillar va Toshkentda yangi qurilgan uy-joylar bilan mukofotladi.
Davlat rahbari nogiron insonlarni sportga jalb qilish, Paralimpiya harakatini rivojlantirish, yangi iste'dodlarni kashf qilish va tayyorlash, chet eldan tajribali mutaxassislar va murabbiylarni jalb etish bo'yicha topshiriqlar berdi. 2024 yil Parijda bo'lib o’tadigan o’yinlaraga, stol tennisi, qilichbozlik, kamondan otish, velosiped, ot sporti, badminton bo'yicha litsenziyalarni qo'lga kiritish maqsadini qo’ydi.
O'zbekiston iqtidorli para-sportchilarni tayyorlash va ularni zaxirasini yaratish tizimini takomillashtirishni rejalashtirmoqda, kelajakda yangi o'quv dasturlari va usullari joriy etiladi. Sport maktablarida nogiron bolalar uchun maxsus guruhlar tashkil qilinadi va selektsiya ishlari tashkil etiladi.
Uchrashuvda bir guruh sportchilar va murabbiylarga faxriy unvonlar, orden va medallar topshirildi.
Eslatib o'tamiz, Paralimpiya o'yinlari natijalariga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo mamlakatlari orasida Xitoy, Yaponiya va Erondan keyin 4-o'rinni, MDH davlatlari orasida Rossiya, Ukraina va Ozarbayjondan ham 4-o'rinni egallagan bo’lsada, O'zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo'ldi.
Commentaires