AQSH Mudofaa vazirining maxsus operatsiyalar va past darajadagi nizolar boʻyicha yordamchisi Kristofer Mayer Oʻzbekistonda chegara xavfsizligi masalalari boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda AQShning Oʻzbekistondagi muhtor elchisi Daniyel Rozenblum oʻzining Twitter’dagi sahifasida maʼlum qildi.
"Mudofaa vaziri yordamchisi Kristofer Mayer boshchiligidagi idoralararo delegatsiyaning tashrifi davomida soʻnggi kunlar ichida Oʻzbekiston hukumati bilan ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha samarali muzokaralarda qatnashganimdan va chegara xavfsizligi masalalarini muhokama qilganimdan juda mamnunman", – deb yozib qoldirgan elchi Twitter’da.
США надо использовать российские военные базы для использования борьбы против террористов. Россия должна объединиться с США по этому вопросу.