Polsha Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik byurosi (BBN) boshlig'i Pavel Solox 14-16 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo’ldi. Bu haqda Polskie radiosi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Abdulaziz Komilov Pavel Solox bilan uchrashuvda Afg'onistondagi hozirgi vaziyat muhokama qilingan.
TIV xabar berishicha, "Tomonlar O'zbekiston-Polsha munosabatlarining holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari to'g'risida fikr almashdilar, Polsha tomoni O'zbekistonga Polsha va boshqa chet el fuqarolarini Afg'onistondan evakuatsiya qilishni tashkil etishda ko'rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi"
Bundan tashqari, Toshkentda Pavel Solox O'zbekiston Xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Maxmudov va O'zbekiston Mudofaa vaziri general Bahodir Qurbonov bilan uchrashdi va muzokaralar o'tkazdi.
Ikki davlat vakillari Afg'onistonda toliblar hokimiyatga kelganidan keyin mintaqadagi hozirgi vaziyat va buning ortida Evropa davlatlariga bo’ladigan migratsion inqiroz kabi tahdidlar muhokama qilinib, xususan, xavfsizlik va mudofaa sanoati sohasida Polsha-O'zbekiston o’rtasuda ikki tomonlama hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
Comments