top of page

O'zbekiston Prezidenti 2022 yilda ShHT - Afg'oniston formatida uchrashuv o'tkazishni taklif qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT mamlakatlarini Afg‘onistonning yangi hokimiyati bilan muloqotni yo’lga qo’yishni taklif qildi. Mirziyoyev mamlakatdagi hozirgi vaziyat bilan bog'liq holda ShHT-Afg'oniston formatida oliy darajadagi uchrashuvlarni muntazam o'tkazishni taklif qildi.

"Harakatlarni jamlashtirish va Afg'onistondagi vaziyatni tartibga solish masalalarini keng muhokama qilish uchun biz ShHT-Afg'oniston formatida kuzatuvchi davlatlar va sheriklarni jalb qilgan holda muntazam ravishda yuqori darajadagi uchrashuvlarni o'tkazishni taklif qilamiz",- dedi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti .

Prezident Mirziyoyev birinchi uchrashuvni O'zbekistonda o'tkazishga tayyorligini bildirdi. Davlat rahbarinig so'zlariga ko'ra, davlat boshqaruvida afg'on jamiyatining barcha qatlamlarining vakillari ishtirokini erishish muhim.

"Ekstremizm va radikal mafkuraning o'sishiga va Afg'oniston hududini qo'shni davlatlarga qarshi qo'poruvchilik harakatlarida foydalanishga yo’l qo’ymaslik zarur", - deb ta'kidladi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
4 views0 comments

Comments


bottom of page