Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik tadbirkorlarni viloyatni rivojlantirishga chaqirdi
- UzPress.info
- Oct 12, 2021
- 1 min read

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 11-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Qashqadaryodagi saylovchilar bilan uchrashuvda mahalliy tadbirkorlardan biri viloyatdagi ishbilarmonlar nomidan so‘zga chiqdi. Qayd etilishicha, tadbirkorning so‘zlarini eshitgan Shavkat Mirziyoyev shunday savol bilan yuzlandi:
“Qashqadaryo biznesmenlarining 70 foizi Toshkentda. O‘zi ham, ofisi ham, pullari ham poytaxtda. Albatta, erkinlik, ular ham o‘zlari istagan joyda ishlashadi. Oldin Qashqadaryoda har xil tashkilotlar bor edi, tadbirkorlarga kun bermasdi. Hozir ularning hammasini jilovladik-ku, endi qashqadaryoliklar qaytishiga nima xalaqit beryapti?”
Bunga javoban tadbirkor:
“Oldin bizda qator muammolar bor edi, bir sutkada 24 soat bo‘lsa, 23,5 soatlab svet bo‘lmagan paytlari bo‘lgan. Olgan buyurtmalarimizni bajara olmay xijolat bo‘lardik. Siz bu muammolarimizning anchasini yechib berdingiz”, – dedi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik tadbirkorlarni Qashqadaryo viloyatini rivojiga o'z xissalarin qo'shishga chaqirdi.
Comments