top of page

O'zbekiston TIV: Barcha Afg'oniston fuqarolari uchinchi davlatga olib ketilgan


12 va 13 sentyabr kunlari O’zbekiston chegarasini noqonuniy bosib o’tgan barcha sobiq afg’on harbiylari va fuqarolarini uchinchi davlatga evakuatsiya qilindi, deb xabar qildi O'zbekiston tashqi ishlar vazirligi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Yusup Qobuljonov 13 sentyabr kuni Afg'oniston harbiylari va fuqarolarini O'zbekistondan evakuatsiya qilinganini rasmiy e'lon qildi. Avvalroq Reuters AQSh yakshanba kuni afg'on uchuvchilarini O'zbekistondan olib keta boshlagani haqida xabar bergan edi.

The Wall Street Journal xabariga ko'ra, afg'onlar AQShning Dohadagi harbiy bazasiga joylashtiriladi. Hozircha ularni keyinchalik qayerga yuborilishi noma'lumligicha qolmoqda. Nashrda yo’zilishicha, qochqinlar soni 585 uchuvchi, ekipaj a'zolari va ularning qarindoshlari tashil qilib, ular 46 ta harbiy samolyot va vertolyotlarda O'zbekistonga kelgan. Hozircha afg’on harbiy havo kuchlaruga tegishli harbiy texnikaning taqdiri ayon emas.

3 views0 comments

Comments


bottom of page