top of page

Samarqand viloyatining besh yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi


Samarqand viloyati yuqori iqtisodiy salohiyatga, boy tarix va madaniyatga ega. Keyingi yillarda viloyatda yangi korxonalar, kichik biznes sub’yektlari, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Turizm, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda istiqbolli loyihalar amalga oshirildi. Uy-joylar, shifoxonalar, maktablar va bolalar bog‘chalari qurildi. Boshlangan loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.

2017-2020 yillarda viloyatning yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) 11% ga oshib, 43,8 trln. so‘mni tashkil etdi.

Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 7,4 trln. so‘mdan 18,4 trln. so‘mga (o‘sish 28%) oshdi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 0,7% ga, 2016 yildagi 17,6 trln so‘mdan 2020 yilda 33,8 trln so‘mga oshdi.

Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 35 % ga, 2016 yildagi 34,6 mingdan 2020 yilda 46,7 mingga o‘sdi.

Infratuzilmani rivojlantirish sohasida 2016-2020 yillarda 243 km gaz quvurlari va 1 583 km suv ta’minoti tarmoqlari yotqizildi, shuningdek, qariyb 100 km avtomobil yo‘llari foydalanishga topshirildi.

O‘tgan besh yil mobaynida Samarqand viloyatida 203 mingta ish o‘rni yaratildi.

Shu davr mobaynida viloyatda 4 854 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha ta’lim muassasalarida 13 mingta, maktablarda 59,4 mingta, shifoxonalarda 2,5 mingta o‘ringa mo‘ljallangan koyekalar tashkil etildi.

Joriy yil oxiriga qadar Samarqand viloyatida 12,1 trillion so‘mlik 1184 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu 17,3 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

To‘qimachilik, oziq-ovqat va elektrotexnika sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, mashinasozlik, metallurgiya, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish Samarqand viloyatining asosiy "o‘sish nuqtalari" sifatida belgilangan. Mazkur tarmoqlar salohiyatidan samarali foydalanish qisqa vaqt ichida viloyat iqtisodiy ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada oshishiga erishish imkonini beradi.

Bugungi kunda Samarqand aholisi 600 ming kishidan oshadi. Mavjud uy-joy fondi va infratuzilmasi asta-sekin o‘z salohiyatini yo‘qotmoqda. Samarqandni bir million kishilik shaharga aylantirish uchun uning maydoni 18 ming gektarga kengaytiriladi va unda besh tuman bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Shuningdek, viloyatning navbatdagi" o‘sish nuqtasi " ga aylanadi va minglab ish o‘rinlari yaratilishiga sabab bo‘ladi.

Shu bilan birga Samarqandni MICE-turizm markaziga (meetings, incentives, conferences, exhibitions) va xalqaro konferensiyalar o‘tkazish markaziga aylantirish rejalashtirilgan. Buning uchun 18 ming kvadrat metr maydonga Xalqaro Kongress markazi va ko‘rgazma majmualari quriladi. Mazkur markaz ishga tushgach 2000 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Manba: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

4 views0 comments

Comments


bottom of page