O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqladi. Prezidentlik saylovi 24 oktabrga belgilangan bo’lib, unda amaldagi davlat rahbari ikkinchi marotaba ishtirok etadi.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining qurultoyida Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatning obro‘sini oshirishga qaratilgan «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» ishlab chiqilganini ta’kidlab o’tdi.
Strategiya millati, tili va dinidan qat'i nazar, har bir vatandoshning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishni yanada kuchaytirishni, har bir fuqaro uchun daromad manbai, tibbiy xizmat va uy-joy bilan ta'minlash, sifatli ta'lim, qashshoqlikni kamaytirish va ijtimoiy himoyani ko'zda tutadi.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" nomli kitobi ham nashr etildi, asarda Yangi O'zbekiston va Uchinchi Uyg'onish davrining asosini yaratish va rivojlanish strategiyasining ustuvor yo'nalishlari batafsil ko'rib chiqilgan.
Ta'kidlash joizki, Prezident taklif qilgan Yangi O'zbekiston strategiyasi quyidagi yo'nalishlardan iborat:
mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash;
fuqarolar va millatlar o'rtasidagi do'stlik va totuvlik muhitini mustahkamlash;
odamlarning ma'naviy dunyosini yanada rivojlantirish;
kambag’allikni kamaytirish va aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish;
mamlakatning xalqaro maydonda obro'si oshirish;
millati, tili va dinidan qat'i nazar, har bir O'zbekiston fuqarosining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga kafolatlangan daromad manbai, tibbiy xizmat va uy -joy bilan ta'minlash, sifatli ta'lim olish.
Comentarios