O‘zLiDeP qurultoyida nutq so'zlagan Shavkat Mirziyoyev o'zining "Yangi O'zbekiston strategiyasi" saylovoldi dasturini taqdim etdi. Amaldagi davlat rahbarining dasturi ta'lim, ijtimoiy soha, tibbiyot va mintaqaviy rivojlanish kabi hayotiy muhim sohalarni o'z ichiga olgan.
Ta'lim
Kasbiy ta'lim masalalarini tizimli hal etish to'liq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga o'tkaziladi. Kelgusi besh yil mobaynida bu norasmiy ish bilan band bo'lgan 2,5 million kishining bandligini qonuniylashtirishga yordam beradi.
Kelgusi besh yil ichida ayollar ishsizligi ikki baravar kamaytiriladi. Bundan tashqari, 700 mingdan ortiq ishsiz ayollar ta'lim oladi. Ularning xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi.
Maktab tizimi uchun o'quv dasturlari va darsliklar etakchi xalqaro tajribaga asoslangan holda to'liq ishlab chiqiladi va 2026 yilgacha amalda qo'llaniladi.
Oliy ta'limga qabulni 50% gacha oshirish bilan birga, asosiy e'tibor ta'lim sifatini oshirishga qaratiladi: 2026 yilga borib kamida 10 ta universitet nufuzli xalqaro reytinglarga kiradi.
Talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun yaqin besh yilda qariyb 100 ming o'rinli yotoqxonalar quriladi.
Oliy ta'limda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 2026 yilga kelib xususiy oliy o'quv yurtlari soni kamida 50 taga etkaziladi.
Ijtimoiy soha
Yaqin uch yilda uy-joyga muhtoj 10 mingdan ortiq ayol imtiyozli shartlarda uy-joy bilan ta'minlanadi.
Nafaqalarning bazaviy hisoblashda miqdori hozirgi 10 dan 12 barobarga oshiriladi? 2 million fuqaroning nafaqasi kamida 20%ga o'sadi.
Kasbiy tayyorgarlik va bandlik milliy dasturi amalga oshiriladi, bu nogironlarning bandligini uch barobar oshirishni nazarda tutadi.
Tibbiyot
Birlamchi tibbiy yordamni moliyalashtirish ikki barobar oshirilib, bunda uy sharoitida profilaktikaga qilishga ko’proq e'tibor qaratiladi.
46 ta tumanlararo perinatal markazlar quriladi, Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi va uning nogiron bolalarni reabilitatsiya qilish bo'limlari tashkil etiladi.
Tibbiy xizmat ko'rsatish sohasida xususiy sektor ulushi hozirgi 12% dan 25% gacha oshadi.
Hududlar
Taqdim etilgan strategiyada hududlarni muvozanatli rivojlantirish masalalari ustuvor vazifalar sifatida belgilgan. Har bir viloyatda tuman va shahar tomonidan 14 ta besh yillik dastur ishlab chiqilmoqda. Bu dasturlarning mohiyati partiyaning mahalliy saylov yig'ilishlarida har bir viloyat jamoatchiligiga taqdim etiladi.
Renovatsiya dasturi doirasida shaharlarda eskirgan uylar o'rniga 19 million kvadrat metrdan ziyod zamonaviy uy-joylar quriladi, 275 mingdan ortiq oila yangi uy-joy massivlariga ko'chib o'tadi.
Comments