top of page

Shavkat Mirziyoyev saylovchilarni qalbiga quloq solishga chaqirdi


Prezident va davlat rahbarligiga nomzod Shavkat Mirziyoev Farg'ona viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda saylovda ovoz berganda, o’z qalblariga quloq solib ish tutishga chaqirdi. Uchrashuvda yana bir bor korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi ko'tarildi.

"Kimni xohlasangiz, shuni tanlang. Faqat, avvalgidek, bir kishi kelib, barcha oila a'zolarining pasportlari bilan ovoz bermaslik lozim. Harakat ongli bo'lishi kerak. Men ishonamanki, biz butun dunyo hamjamiyatiga demokratiya yo'lidan borayotganimizni ko'rsatamiz", - dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev Farg'ona viloyati Bog'dod tumanida saylovchilar bilan uchrashuvda yana korruptsiyaga qarshi kurashish masalasini ko'tardi: «Biz shuncha pul ajratamiz, lekin undan adolatli foydalanish uchun jamoatchilik nazorati zarur. Korruptsiya yo'q desak yolg’on bo’ladi, korruptsiya hali bizning ichimizda. Biz korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan birgalikda kurashishimiz kerak".

Shavkat Mirziyoyev o'z nutqida Farg'ona viloyatida hal qilinishi kerak bo'lgan muammolarni sanab o'tdi. Eng muhim vazifa - bu aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishdir, deb ta’kidladi davlat rahbari.

17 views0 comments

Comments


bottom of page