O‘zbekistonning amaldagi prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovoldi dasturi doirasida Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi.
Prezident Nukus saylovchilari bilan uchrashuvi chog'ida, kelasi yildan boshlab Qoraqalpog'iston maktablarida 1-4-sinf o'quvchilari uchun bepul tushlik bilan ta'minlanishini aytdi. Qayd etilishicha, bu maqsadlar uchun har yili byudjetdan 100 milliard so'm ajratiladi.
Prezident tashrif chog’ida nima uchun saylov kampaniyasini Qoraqalpog'istondan boshlaganini ham aytib berdi.
«Kampaniyani Qoraqalpog'istondan boshlaganim bejiz emas. Men ilgari aytganman va hozir ham takrorlayman: men o'zimni qoraqalpoq xalqining farzandi deb bilaman, - deb ta’kidladi davlat rahbari.
Prezident Qoraqalpog'istonda so'nggi besh yil ichida yuz bergan o'zgarishlarni qayd etdi. Xususan, sanoat, xizmat ko'rsatish va qishloq xo'jaligida qiymati 2 milliard dollardan ortiq bo'lgan 2500 ta investitsion loyihalar amalga oshirildi. Kichik biznes sub'ektlari soni ikki barobar oshib, qariyb 21 mingtani tashkil etdi. Bu davrda 83 ming yangi doimiy ish o'rnlari yaratildi.
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, kelgusi besh yilda mintaqani rivojlantirish dasturi haqida ham aytib o'tdi. Xususan, iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlik uchun qulay infratuzilmani yaratish, aholi va qishloq xo'jaligini suv bilan ta'minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash rejalari aytildi.
Comments