Dushanbedagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sammitida 2021-2022 yillarda ushbu nufuzli tashkilotga raislik O'zbekistonga o'tishi to'g'risida qaror qabul qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatning ShHTga raisligining ustuvor yo'nalishlarini belgilab berdi.
Bu:
• ShHTning nufuzi va salohiyatini yanada oshirish;
• mintaqalararo savdoni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
• sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish va bu sohada kooperatsiya markazlarini yaratish;
• transport aloqasi sohasida ShHT strategiyasini qabul qilish;
• ShHT hududida infratuzilmasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
• qashshoqlikni kamaytirish va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish;
• axborot xavfsizligi sohasida ShHT ekspertlar forumini tashkil etish;
• ShHTning yaxshi niyat elchisi institutini joriy etish;
• turizm sohasida hukumatlararo bitimni ishlab chiqish;
• yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish bo'yicha "Yo'l xaritasi" ning qabul qilinishi.
O'zbekiston raisligi davrida O'zbekiston rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun sheriklar bilan birgalikda 80 dan ortiq tadbirlarni o'tkazish rejalashtirilgan.
Comentários