top of page

O'zbekiston Prezidenti ShHT-KXShT yig‘ilishida ishtirok etadi


O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg'onistondagi vaziyatga bag'ishlangan ShHT-KXShT yig'ilishida ishtirok etadi. Tadbir 16-17 sentyabr kunlari Dushanbeda ShHTning yubiley sammiti doirasida bo'lib o'tadi. Prezident hamkor davlatlar rahbarlari bilan bir qator ikki tomonlama muzokaralar o'tkazadi.

Yubiley sammitida ShHTga a'zo davlatlar - Hindiston, Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston, Pokiston va Rossiya rahbarlari ishtirok etadi.

Tashkilotdagi kuzatuvchi davlatlardan Belarus Respublikasi, Eron Islom Respublikasi va Mo'g'uliston prezidentlari ishtirok etadi. Turkmaniston rahbari uchrashuvning faxriy mehmoni sifatida taklif qilingan.

«Qatnashuvchilar ShHTning o'tgan 20 yildagi faoliyatining asosiy natijalarini ko'rib chiqadi, ko'p tomonlama hamkorlikning dolzarb vazifalarini muhokama qiladi. Shuningdek, global siyosat va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi”, - deyiladi xabarda.

Sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasini qabul qilish, tashkilot doirasida ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirish uchun ko'p tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston, Rossiya, Pokiston va Eron rahbarlari bilan bir qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.

1 view0 comments

Comments


bottom of page