top of page

Termizda Afg'onistonga yordam ko'rsatish logistika markazi ishga tushdi


BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) Afg'onistonga yordam berish uchun Termizda asosiy logistika markazini tashkil etdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti WFP dasturi doirasida Afg'onistonga yordam berish uchun turli mamlakatlar omborlarida eng zarur tovarlar zaxiralarini yig'moqda. O'zbekiston bu masalada bog'lovchi bo'g'in sifatida ishtirok etadi.

Afg'onistonda oziq -ovqat yordamiga bo'lgan ehtiyojning oshishi munosabati bilan, BMT O'zbekiston, Pokiston va Tojikistonda zarur mahsulotlar zaxirasini ko'paytirmoqda. Asosiy logistika markazi Termiz shahrida tashkil etilgan.

Bu haqda BMT rasmiysi Nyu-Yorkdagi yig’ilishda ma'lum qildi. So'nggi bir necha kun ichida BMTga tegishli tashkilotlar Afg'oniston viloyatlariga gumanitar yuklarni muvaffaqiyatli etkazib berishdi va bir kun oldin Qochqinlar ishlari bo’yicha boshqarmasining insonparvarlik karvoni Nangarxarga xavfsiz tarzda yetib keldi. Bu oxirgi uch haftadagi Pokistonning Torkham nazorat-o'tkazish punkti orqali Afg'onistonga yo'l ikkinchi yordam karvoni hisoblanadi.

Jenevadagi anjuman natijasida donorlar afg'onlarning ehtiyojlari uchun milliard dollardan ko'proq mablag' ajratishga va'da berishdi, bu BMT talabidan deyarli ikki barobar ko'p. Shuningdek, Tolibon yozma ravishda gumanitar operatsiyalarni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish majburiyatini olgani ma'lum bo'ldi.

BMT endi donorlardan afg'onlarga oziq-ovqat, tibbiy buyumlar va boshqa zarur tovarlarni sotib olish uchun va'da qilingan mablag'larni imkon qadar tezroq etkazib berishni so'raydi.

2 views0 comments

Comentarios


bottom of page