top of page

O'zbekiston Timesning 29 ta eng ajoyib dam olish maskanlari ro'yxatida


The Times o’zi uchun taassurotlarini kashf etishni istaganlar O'zbekistonga kelishlarini taklif etadi. O'zbekiston me'morchiligi qadimiy Ipak yo'lining butun romantikasini o’zida jamlagan, deb yozadi Times nashri.

O'zbekiston Britaniyaning the Times gazetasi tomonidan chop etilgan dunyodagi sayyohlar uchun eng jozibali davlatlar ro'yxatiga kirdi. Ushbu mamlakat Avstraliya, Hindiston, Mekong daryosi va Norvegiyaning mashhur fyordlaridan keyin beshinchi o’rinni egalladi.

"Bu erda ko'rish mumkin bo'lgan hamma narsa bor: muzeylar va sovet binolariga boy bo'lgan Toshkent, Amir Temur imperiyasining sobiq poytaxti Samarqand, dunyoning qadimiy mo''jizasi bo’lan moviy rangdagi Registon gumbazlari", - deyiladi maqolada.

Nashr shuningdek, Buxoroning go'zalligi va cho'l ranglari bilan uyg'unlashgan kalaminli tusdagi tor ko'chalari" haqida yozadi.

Shuningdek, 1500 yillik islom arxitekturasi shu qadar yaxshi saqlanib qolgan Xiva har qanday blokbaster filmning foniga aylanishi mumkin, deb tasvirlaydi britan nashri.

O'zbekistonda vizasiz rejim mavjudligini, shu sababli o’zi uchun antiqa tasavvurlarni kashf qilishni istagan sayyohlarga eng jozibali davlatlardan biri, deb yozadi The Times.

3 views0 comments

Comments


bottom of page