top of page

Toshkent viloyati shaharlariga tezyurar elektropoyezd yo'lga qo'yiladi


Toshkent shahridan Toshkent viloyatining Olmaliq, Chirchiq, Angren, Bekobod, Ohangaron va Yangiyo‘l shaharlariga 120 kilometr tezlikda yuradigan zamonaviy elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

Poytaxtdan bu shaharlarga 120 kilometr tezlikda yuradigan zamonaviy elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun 10 ta elektropoyezd xarid qilinadi, ularda poytaxt bilan yagona bilet tizimi joriy qilinadi.

Toshkent viloyatining Olmaliq, Chirchiq, Angren, Bekobod, Ohangaron va Yangiyo‘l shaharlariga 800 dan ziyod ko‘p qavatli uylarning markazlashgan issiqlik ta'minotini yaxshilashga yarim trillion so‘m ajratiladi.

Shuningdek, renovatsiya dasturi doirasida 6 ta shahardagi 45 ta eskirgan ikki qavatli uylar o‘rniga, zamonaviy ko‘p qavatli uylar quriladi.

Viloyatning tumanlarida ham, kelgusi besh yilda 25 ming kvartirali ko‘p qavatli uylar barpo etiladi, bu oldingi besh yilga nisbatan 3 barobar ko‘p. Shuningdek, kelgusi besh yilda 220 ta qishloq va mahallada “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari amalga oshiriladi.

Markazlashgan ichimlik suvi ta'minoti 68 foizdan 90 foizga, kanalizatsiya qamrovi esa, 17 foizdan 40 foizga yetkaziladi. Bunga 6 trillion so‘m yo‘naltirilib, 3 ming 800 kilometr ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari, 106 ta inshootlar barpo etiladi. Natijada, Quyi Chirchiq, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq, Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Toshkent va Chinoz tumanlari hamda Nurafshon shahridagi 1 millionga yaqin aholi toza ichimlik suvi bilan to‘liq ta'minlanadi. Shuningdek, 6 ming kilometr elektr tarmoqlari va 1,5 mingdan ortiq transformatorlar yangilanadi.

Eng muhimi, viloyat tumanlarini o‘zaro va poytaxt bilan bog‘laydigan Jamoat transportini rivojlantirish dasturi qabul qilinadi. Dastur doirasida, 20 ta yangi yo‘nalishlar ochiladi, 120 dan ziyod yangi bekat quriladi, 13 ta avtostansiya barpo etiladi. Kelgusi besh yilda Toshkent viloyatida 3,5 ming kilometr avtomobil yo‘llari va 232 ta katta-kichik ko‘priklarni qurish-ta'mirlash ishlari bajariladi. Jumladan, poytaxtdan Ulug‘bek shaharchasi orqali, Chirchiqqa olib boradigan yangi avtomobil yo‘li barpo etiladi.

189 views0 comments

コメント


bottom of page