Tashkilotning asosiy vazifalari orasida korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va adolatni ta'minlashning xalqaro standartlarini joriy etish bor.
Adliya vazirligi mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi birinchi nodavlat tashkiloti - "O'zbekistonda ochiklik va shaffoflik" tahliliy markazini ro'yxatdan o'tkazdi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O'rinboeva ma'lum qildi.
Markazning asosiy maqsadi - jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga ko'maklashish va davlat boshqaruvi sohasida ochiqlik, oshkoralik va hisobdorlik mexanizmlarini takomillashtirish.
Markazning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- korrupsiyaning sabablari va oqibatlari, undan etkazilgan zarar, shuningdek, uning oldini olish yo'llari bo'yicha tadqiqotlar o'tkazish;
- korruptsiya darajasini, davlat organlariga ishonch darajasini va korrupsiyaga qarshi choralar samaradorligini baholash bo'yicha tadqiqotlar o'tkazish;
- shaffoflik, adolat va halollikni ta'minlash bo'yicha davlat organlari faoliyati ustidan qat'iy jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
- O'zbekistonda korrupsiyaning oldini olish va qonun ustuvorligi to'g'risida muqobil ma'ruzalar tayyorlash va chop etish;
- O'zbekistonda ochiqlik va oshkoralik, korrupsiyaga qarshi kurash, qonun ustuvorligi sohasida xalqaro standartlarni joriy etish;
- qonun loyihalari bo'yicha mustaqil ekspertiza o'tkazish va uning natijalarini e'lon qilish.
Markaz Transparency International xalqaro tashkilotida akkreditatsiyadan o'tishi va boshqa ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi kutilmoqda.
Comments