O'zbekistonda 2021 yilga kelib savodxonlik darajasi 99,99%ni tashkil etdi. YUNESKO rasmiy saytida “Xalqaro savodxonlik kuni” doirasida chop etilgan “YUNESKOning O'zbekiston hukumatining ta'lim olish imkoniyatlarini birinchi o'ringa qo'yish harakatlarini qo'llab–quvvatlashi” maqolasida mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilgan islohotlar haqida gap ketadi.
Savodxonlik darajasini oshirish bo’yicha bunday ijobiy natijalar, shubhasiz, Respublika hukumati va ta'lim sohasi xodimlarining tirishqoqligi, fidoyiligi va sadoqati ortidan erishilgan.
Aholining tez o'sishiga qaramay, O'zbekiston Prezidenti boshchiligida mamlakat hukumati maktabgacha ta'lim muassasalarini to'rt barobar ko'paytirishga va maktabgacha ta'lim bilan qamrab olishni ko’lamini yanada kengaytirishga muvaffaq bo'ldi.
Tez rivojlanayotgan iqtisodiyotni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash uchun O'zbekiston oliy ta'lim bilan qamrab olishni 30% darajada saqlab qoldi.
YUNESKO tavsiyalariga amal qilgan holda, O‘zbekiston hukumati oxirgi uch yilda oliy ta’lim muassasalari sonini ikki barobarga oshirdi va oliy o‘quv yurtlariga qabulni 28 % yetkazdi. Shu bilan birga, mamlakat 2030 yilga borib bu ko'rsatkichni 60 % etkazishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.
Shu tariqa YUNESKO ham O'zbekistondagi ta'lim islohotlarini qo'llab-quvvatlashga o'z hissasini qo'shmoqda.
Yaqinda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning YUNESKO Bosh direktori Odri Azulay va ta’lim sohasi bo'yicha direktor o'rinbosari Stefani Jannini bilan uchrashuvlarida ta'lim bilan bog'liq masalalar atroflicha muhokama qilingan.
Bu oliy darajadagi uchrashuvlar davomida erishilgan kelishuvlarga ko'ra, har ikki tomon ham keyingi yillarda O'zbekistonda ta'limni rivojlantirish uchun ko'p tomonlama harakatlarni chuqurlashtirishga tayyor ekanligi belgilab olingan. YUNESKOning ta'lim sohasidagi asosiy tadbirlaridan bo’lgan – “Maktabgacha ta'lim bo'yicha global forumi” 2022 yilning kuzida Toshkentda ushbu xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda o'tkazilishi ushbu muloqotning samarali natijalaridan biri hisoblanadi.
Comments