USAID rahbari Samanta Power O'zbekistonga tashrif buyuradi
- UzPress.info

- Sep 13, 2021
- 1 min read

9-sentabr kuni Vashingtonda O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda USAID rahbari Samanta Pauer O'zbekistonga tashrif buyurishini ma'lum qildi. Power o'z chiqishida Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston" nomli yangi strategiyasi olqishladi.
Eslatib o'tamiz, 2020 yili USAID agentligi O'zbekistonda o'z vakolatxonasini ochdi. Bungacha agentlikning idorasi USAIDning Olmotadagi Markaziy Osiyo missiyasi tarkibida bo'lgan.
“O'zbekiston odamlarga farovonligini oshirish, biznes qurish va jamiyat uchun barqaror iqtisodiy imkoniyatlar yaratish uchun tez iqtisodiy islohotlarni boshladi. Umid qilamizki, bu islohotlar joylarda haqiqiy insonlarga haqiqiy ta'sirini ko'rsatadi”, - dedi u
Agentlik ma'murining so'zlariga ko'ra, AQSh har doim O'zbekistonning ishonchli sherigi bo'lib qoladi.




Comments