top of page

AQSh Davlat kotibi: O'zbekiston amerikaliklarni Afg'onistondan o'tkazishga va'da berdi

Qo'shma Shtatlar O'zbekiston bilan Afg'onistondan evakuatsiya qilinayotgan fuqarolarini davlat hududidni kesib o'tishi uchun shartnoma tuzdi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken afg'on muammosiga bag’ishlangan yig’ilish chog'ida aytib o'tdi.

“Biz bir qator davlatlar, jumladan, O'zbekiston, Tojikiston bilan ishladik, ularning chegaralari, umuman olganda, Amerika fuqarolari, AQShda istiqomat qiluvchilar va Afg'onistonni tark etishni istagan va Amerika vizalariga ega kishilarni mamlakatni tark etishini ta'minlash uchun ishladik va bizning bu davlatlar bilan ushbu masala yuzasidan shartnomalarga egamiz”, dedi Blinken.

13 sentyabrda O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili O'zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o'tgan afg'on harbiylari va fuqarolarini evakuatsiya qilish yakuniga etganini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, 12-13 sentyabr kunlari "O'zbekiston havo yo'llari"ning uchta maxsus reysi afg'on harbiy uchuvchilari va ularning oilalarini Birlashgan Arab Amirliklariga, keyinchalik AQShning Dohadagi harbiy bazasiga o'tkazish uchun etkazib berdi.

3 views0 comments

Comments


bottom of page