Afg'oniston muvaqqat hukumati vakili Zabihulla Mujohid O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga afg'on xalqiga insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirdi, deb xabar beradi O'zbekiston tashqi ishlar vazirligi. Balx viloyati hokimi Qudratillo Abu Hamzaning so’zlariga ko'ra, ushbu insonparvarlik yordami mamlakatda vujudga kelishi mumkin bo'lgan oziq-ovqat inqirozining oldini olishga yordam beradi.
Marosimda so'zga chiqqan Afg'oniston muvaqqat hukumatining rasmiy vakili Zabihulla Mujohid butun afg'on xalqi nomidan O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga hozirgi og'ir davrda mamlakatga ko'rsatilayotgan katta e'tibor, qo'llab-quvvatlash va birdamlik uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.
Shu bilan birga, Zabihulla Mujohid Afg'oniston xalqiga yordam murojaatiga birinchi bo'lib O'zbekiston rahbari javob bergani va O'zbekistonning bunday siyosatini ko'p millatli Afg'oniston xalqi uchun insonparvarlik, birodarlik va yaxshi qo'shnichilikning haqiqiy isboti deb bilishini ta'kidladi.
Balx viloyati hokimi Qudratillo Abu Hamza nafaqat insonparvarlik yordamining o'z vaqtidaligi, balki ushbu yo'rdamning afg’on xalqi uchun juda naqadar muhim ekanligini ham ta'kidladi. Bu xalqlarimiz o'rtasidagi asrlar osha tarixiy, madaniy va ma'naviy aloqalarning yana bir isboti hisoblanadi.
Uning so'zlariga ko'ra, bu yordam aslida Afg'onistonga pandemiya oqibatlarini bartaraf etishga, shuningdek, mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan gumanitar va oziq-ovqat inqirozining oldini olishga yordam beradi.
Comments