top of page

O'zbekiston tinchliksevarlik reytingida 90-o'rinda


2021 yilda Iqtisodiyot va tinchlik institutining tinchliksevar davlatlar reytingida O'zbekiston 163 ta davlat ichida 90-o'rinni egalladi. Mamlakatning indeksi 2,062 tashkil etgan bo’lib, ma’lumot uchun davlatning indeksi qanchalik baland bo'lsa, shunchalik tinch emas.

Tinchlik indeksi nafaqat urushlarning mavjudligi yoki yo'qligi, balki bosqinchilik, zo'ravonlikdan qo'rqish darajasini, xavfsizlik muammolari, davom etayotgan mojarolar va militarizatsiya hisobga oladi.

MDH davlatlari orasida Moldova va Qozog'iston tinch va xavfsizlik masalalari bo’yicha reytingda O'zbekistondan yuqorida, Qirg'iziston, Armaniston, Tojikiston, Turkmaniston, Belarus, Ozarbayjon, Ukraina va Rossiya kabi davlatlar O'zbekistondan quyida joylashgan.

Islandiya, Yangi Zelandiya va Daniya tinchliksevar davlatlar reytingida birinchi o'rinni egalladi. Reytingni Afg'oniston yakinlagan.

Militarizatsiya reytingida O'zbekiston dunyoning 165 mamlakatlari orasida 141-o'rinni egalladi. Ushbu reytingda ballar qancha ko'p bo'lsa, militarizatsiya darajasi shuncha yuqori hisoblanadi. MDH mamlakatlarida O'zbekiston Rossiya va Turkmanistondan keyin uchinchi o'rinni egalladi.




7 views0 comments

Comments


bottom of page