O'zbekistonda Jurabek Laboratories korxonasida Rossiyaning "Sputnik V" koronavirusiga qarshi vaktsinasini seriyali ishlab chiqarish boshlandi. Joriy yilning oktyabr oyida kompaniya O'zbekiston bozoriga o’zimizda ishlab chiqarilgan vaktsinalarni etkazib berishi kutilmoqda, deb xabar beradi Gazeta.uz.
"Qadoqlash ishlari allaqachon boshlangan. Biz har bir partiyani nazorat qilish uchun uni Rossiyaga yuboramiz. Sinovlar taxminan uch hafta davom etadi. Rossiyada va davlatimizning markaziy laboratoriyasida parallel ravishda sifat nazorati olib borilmoqda. Javoblar chiqishi bilan biz vaktsinani etkazib berishni boshlaymiz ", - deydi kompaniya vakili Aziz Soipov.
Vaktsina O’zbekistonning ichki bozorga oktyabr oyida chiqishi kutilmoqda. Soipovning so'zlariga ko'ra, O'zbekistonda ommaviy ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaktsinasining namunalari preparatni ishlab chiqaruvchi N.F.Gamaleya nomidagi Rossiya milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi va O'zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Dori vositalari, mahsulotlarini tibbiy buyumlari va tibbiy asbob-uskunalar ekspertizasi va standartlashtirish bo'yicha Davlat markaziga sifat nazorati uchun yuborilgan.
Eslatib o’tamiz, iyul oxirida Rossiya to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jamg'armasi, "Sputnik V" vaktsinasining birinchi partiyasi O'zbekistonning Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi Jo'rabek laboratoriyalarida ishlab chiqarilgan, deb xabar bergan edi. Zavodning quvvati har oyda "Sputnik V" vaktsinasining 2 mln dozasini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Comments